$
 12780.14
11.84
 13980.20
19.34
 133.11
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Buxoroda atmosferani ifloslantirgan 117 nafar mansabdorga chora ko‘rildi

суд sud

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan atmosfera havosini muhofaza qilish talablarining buzilishiga qarshi doimiy nazorat reyd tadbirlari otkazib kelinmoqda.

Jami 1356 nafar fuqaro huquqbuzarlik sodir etgan

Reyd davomida o‘tgan 9 oy ichida jami 1 356 nafar fuqaro tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, huquqbuzarlarning 117 nafari mansabdor shaxslar ekani aniqlandi. 

Ular qurilish chiqindilari va boshqa chiqindi turlarini yoqish, shuningdek, dala va aholi punktlarida xazon, shox-shabbalarga o‘t qo‘yish kabi huquqbuzarliklarni sodir etishgan.

Huquqbuzarlar jarimaga tortildi

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlar jami 332 million so’m miqdorida jarimaga tortildi.Ma’lumot uchun, atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzishga qarshi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda. Bu kabi huquqbuzarliklar qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Теги :
Жамият