$
 11948.58
58.63
 13793.44
76.0
 144.29
0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

Graduation Ceremony 2026: Central Asian University mutaxassislarning yangi avlodini yetishtirdi

CAU

7-iyul kuni CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar markazida Central Asian University’ning 2026-yilgi tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Yuzlab CAU bitiruvchilari diplomlarini qo‘lga kiritib, tibbiyot, muhandislik, biznes, arxitektura, turizm va boshqa sohalarda o‘z kasbiy faoliyatini boshlashga tayyor yosh mutaxassislar sifatida sahnaga ko‘tarildilar.

Marosim bitiruvchilar, ularning ota-onalari, ustozlar, universitet rahbariyati, hamkorlar va faxriy mehmonlarni jamladi. Har bir oila uchun bu kun o‘zgacha bo‘ldi: sahnaga chiqish ortida necha yillik ta’lim, imtihonlar, uyqusiz tunlar, ota-onalarning ko‘magi, ustozlarning murabbiyligi va har bir bitiruvchining shaxsiy g‘alabasi mujassam edi.

Bu yil Central Asian University diplomlarini Tibbiyot, Stomatologiya, Biznes va muhandislik maktablari, Arxitektura va dizayn maktabi, shuningdek, Mehmonxona boshqaruvi va turizm maktabi bitiruvchilari qo‘lga kiritdi. Oldinda ularni o‘z bilimlarini amalda qo‘llaydigan, qobiliyatlarini rivojlantiradigan va mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan kasbiy yo‘l kutmoqda.