$
 11809.19
18.4
€
 13206.22
-79.64
₽
 138.15
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°

Harbiy xizmatga chaqiriluvchilar giyohvandlik vositalari bo‘yicha majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

Harbiy Foto: Daryo

Mudofaa tizimida harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibi belgilandi. Tegishli idoraviy hujjat Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 14-sentabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Yangi tartib giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish holatlarini erta aniqlashga qaratilgan. Tekshiruvlar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi hamda uning hududiy filiallarida amalga oshiriladi.

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar hududiy harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishidan oldin tekshiruvdan o‘tkaziladi. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar esa harbiy-tibbiy muassasada ko‘rikdan o‘tishidan avval tekshiriladi.

Tekshiruv ikki bosqichda o‘tkaziladi

Belgilangan tartibga ko‘ra, tibbiy tekshiruv ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Dastlabki tekshiruvda musbat natija aniqlangan taqdirda, biologik namunalar bo‘yicha mass-spektrometrik identifikatsiya tekshiruvi o‘tkaziladi.

Tekshiruv natijasi musbat chiqqan fuqarolar, shuningdek, biologik namuna topshirishdan bosh tortgan shaxslar harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.

Maxfiylik ta’minlanadi

Yangi tartibda tekshiruv jarayonida olingan shaxsiy ma’lumotlar, biologik namunalar va tekshiruv natijalarining maxfiyligini ta’minlash ham belgilangan.

Теги :
Jamiyat