$
 12780.14
11.84
 13980.20
19.34
 133.11
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Daraxtlarni kesmay turib ham qurilish qilishning imkoni bor

t 8 28

Bugungi kunda Toshkent shahrida biror-bir joy atrofi o‘ralishi bilanoq jamoatchilikda ekologiya borasida keng muhokamalar boshlanadi. Yana yangi inshootlar qurilishi natijasida o‘sha hududlardagi yashillik darajasi jiddiy ziyon ko‘radi hamda bir qator daraxtlar qurbon qilinadi. Bu esa o‘z navbatida o‘sha hududda istiqomat qiluvchi aholi hamda ekofaollarning noroziligiga sabab bo‘ladi. Ammo bu “daraxt kesmay turib qurilish ishlarini olib borish imkonsiz” degani emas.

Yana qurilish, ammo daraxtlar saqlab qolinadi

Tadbir davomida ma’lum bo’lishicha, Toshkent shahrining Istiqbol va Sodiq Azimov ko‘chalari kesishmasi yaqinida “Tenet Group” tomonidan qurilish ishlari olib amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihani amalga oshiradigan kompaniya esa qurilish bo‘ladigan hududdagi daraxtlarni ko‘chirib o‘tish yo‘li bilan saqlab qolmoqchi. Shu maqsadda kuni kecha ilk jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.