$
 12865.66
-8.36
 13510.23
-48.69
 125.14
-3.07
weather
+26
Кечаси   +14°

Kelajakda O‘zbekiston 10−15 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi eksport qilishi mumkin

Elektr energiyasi eksporti

2030-yilda O‘zbekiston xorijga 10−15 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi eksport qilishi mumkin. Bu haqda 6-noyabr kuni “O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari” forumi doirasida Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov “Spot" nashriga bergan intervyusida aytgan.

Kelajak prognozlari

Vazirning aytishicha, 2030-yilda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 120−125 mlrd. kVt/soat atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bizda ko‘plab generatsiya obyektlari mavjud — taxminan 135 mlrd. kVt/soat. Infratuzilma tayyor bo‘lishi bilan elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish mumkin. Avgust oyida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Qora dengiz tubi bo‘ylab Yevropa mamlakatlariga elektr energiyasi eksporti hajmi “kabel quvvati va hamkorlarning xohishiga bog‘liq"ligini aytgandi. Energetika vaziri 2 GVtdan 5 GVtgacha energiya yetkazib berishga tayyorligini bildirdi va hozirda O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan talab to‘liq qoplanayotganini ta’kidladi.

Strategik sheriklik 

Yozda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon “yashil” energiyani ishlab chiqish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim loyihasini kelishib oldilar va Italiyaning “CESI” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladigan loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi (TIA) uchun texnik topshiriqni tasdiqladilar. “Biz bir kompaniyani tanladik — „CESI“. U allaqachon [loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish ustida] ishlay boshlagan. Texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlash uchun taxminan bir yarim yil kerak bo‘ladi va ular 2025-yil oxirigacha ishni yakunlaydi. Keyin ishlab chiqilgan TIA bo‘yicha qurilishni boshlaymiz. Bunda uzunligi 2,5 ming km kabel bo‘ladi, juda qimmat HVDC bo‘ladi. Qiymatni texnik-iqtisodiy asos belgilaydi, lekin $2 mlrd.dan ortiqni tashkil etadi”. — deya qo‘shimcha qildi u.

Теги :
Iqtisodiyot