$
 12803.81
-19.17
 13677.03
-146.14
 130.64
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Prevyu. Jahon Chempionati-2026 saralashi: O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklari

Terma

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Jahon Chempionati-2026 saralashi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Unda vakillarimizga Birlashgan Arab Amirliklari raqib bo‘ladi. 

O‘zaro o‘yinlar tarixi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan 17 marta to‘qnash kelgan. Shulardan 4 tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan bo‘lsa, 9 tasida BAA vakillari zafar quchgan. Qolgan 4 o‘yin esadurang natijasi bilan yakunlangan. O‘zbekiston bugunga qadar BAA terma jamoasini hech qachon o‘z maydonida taslim etolmagan. 

So‘nggi rasmiy va norasmiy o‘yinlar 

2015-yilgi Osiyo kubogi saralash doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Viyetnam, Gongkong va BAA bilan bir guruhdan o‘rin egallagan. 2-turda jamoamiz safarda BAA bilan kuch sinashib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan. 6-tur bahsida esa jamoamiz "Bunyodkor" stadionida Igor Sergeyev tomonidan kiritilgan gol evaziga durang natijaga erishgan va guruhda 2-o‘rinni egallagan holda Avstraliyada o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston BAA terma jamoasi bilan so‘nggi bor 2020-yilning 12 oktyabrida, o‘rtoqlik o‘yini doirasida to‘qnash kelgan. O‘yin 2:1 hisobida vakillarimiz foyidasiga yakunlangan. Dubayda bo‘lib o‘tgan o‘yinda terma jamoamizning ikki goliga Shaxzod Nurmatov mualliflik qilgan ekan. O‘sha vaqt jamo bosh murabbiyi Vadim Abramov bo‘lgan. 

O‘zbekiston tarkibidagi yo‘qotishlar

O‘zbekiston terma jamoasidan asosiy yo‘qotish Eronga qarshi o‘yindan keyin hech ikkilanma aytish kerakki, shubhassiz jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes. Shuningdek, "O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Oston O‘runov Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan uchrashuvda jarohat sababli ishtirok eta olmaydi. Futbolchimiz tez fursatda sog‘ayib, safga qaytishini tilab qolamiz", - deb yozadi O‘FA matbuot xizmati. O‘runov 5 oktyabr kuni "Persepolis" safida "Chadormalu"ga qarshi o‘yindan oldingi chigilyozdi mashg‘ulotda jarohat olgan va asosiy tarkibdan zaxiraga olingan edi. Futbolchi 10 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi safida Eronga qarshi bahsning 71-daqiqasida Abbos Fayzullayevning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi. U Eron bilan o‘yindan keyingi mashg‘ulotlarning hech birida ishtirok etmadi. Bundan tashqari terma jamoa markaziy himoyachisi Rustam Ashurmatov Eron bilan uchrashuvda olgan sariq kartochkasi tufayli BAAga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishga majbur. Shu o‘rinda bugungi o‘yinda ishtirok etishi kecha ham so‘roq ostida bo‘lib turgan Abbos Fayzullayev o‘yinoldi mashg‘ulotda dastlab individual, so‘ngra umumiy guruhga qo‘shilgan holda ishtirok etib, ertangi bahsda maydonga tushishga tayyor ekanligini ham ta’kidlash lozim. 

BAA tarkibidagi yo‘qotishlar

Mehmonlar Toshkentga bir necha yo‘qotishlar bilan keldi. Jamoa Toshkentga umumiy 22 futbolchi bilan tashrif buyurgan. Asosiy tarkibdan 4 ta futbolchi tushib qolgan.

  • Kouame Kouadio - Markaziy himoyachi. Diskvalifikatsiya tufayli kelmadi.
  • Yahyo Nodir - Jamoaning asosiy tayanch yarim himoyachilaridan biri. Jarohat tufayli Toshkentga kelmadi.
  • Abdurahmon Solih - Baniyas jamoasining markaziy himoyachisi. Jarohati tufayli o‘yinga kelmadi.
  • Fabio Lima - BAA terma jamoasining eng qimmat futbolchisi. Yuridik jihatlarga ko‘ra, Toshkentga kelmadi.

O‘zbekiston va BAA terma jamoalarining rasmiy va tijoriy turnirlardagi kuboklari

Bunday kuboklar BAA terma jamoasida 9 tani tashkil qilsa, O‘zbekistonda ularning soni 3 ta. 

BAA

  • Friendly cup - 3×
  • Arabiya Gulf chempionati - 2×
  • OMAN kubogi - 1×
  • OSN kubogi - 1×
  • LG kubogi - 1×
  • KIRIN kubogi - 1×

O‘zbekiston

  • Osiyo o‘yinlari - 1×
  • Merdeka kubogi - 1×
  • Navro‘z kubogi - 1×

Jamoalarining JCH-2026ga chiqish imkoniyati

Osiyoda 2026-yilgi jahon chempionati hal qiluvchi saralash bosqich 3-tur o‘yinlaridan keyin We Global Football portali jamoalarning okean ortidagi turnirga borish imkoniyati foizlarini yangiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasining 3-turda Eron bilan durang (0:0) qayd etganidan keyin A guruhidan JCH-2026 final bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olish imkoniyati 75,9 foizdan 82,8 foizga ko‘tarilgan. Ya’ni imkoniyat 7 foizga oshgan. Bu borada mamlakatimiz milliy jamoasi mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun da’vogarlar orasida 4-o‘rinda qayd etilgan. O‘zbekistonning bo‘lajak raqibi BAAning 2-turdagi mag‘lubiyatidan keyin imkoniyati 15,5 foizgacha pasaytirilgan edi, KXDR bilan durangdan keyin yana pasaydi. Qatarning imkoniyati esa 2-turdan keyin 16 foizdan 11,2 foizgacha tushirilgan edi, Qirg‘iziston ustidan g‘alabadan keyin 11,4%ga ko‘tarilgan.

Vakillarimiz bahsda ko‘k rangli libosda harakat qilsa, raqiblar oq liboslarda o‘ynaydi. Bellashuv 19:00da "Bunyodkor" stadionida start oladi. Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz o‘tgan turda Eron bilan bahs olib borgan edi va unda nursiz durang qayd etgan edi.


Теги :
Jamiyat