$
 12780.14
11.84
 13980.20
19.34
 133.11
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 17-sentyabr voqealari

Qora 17-sentyabr

 Qirg‘izistondan O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tilayotgan 34 bosh ot to‘xtatib qolindi

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 16-avgust kuni gumonlanuvchi B.T.J. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Habibulla ismli shaxs bilan kelishib, O‘zgan shahridagi chorva bozoridan 24 bosh ot sotib olgan. U 80 ming qirg‘iz so‘mi (taxminan 12 million o‘zbek so‘mi) evaziga muhandislik inshootlari mavjud bo‘lmagan hudud orqali hayvonlarni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga uringan.

Shuningdek, Oqsuv tumani Qora-Tobo qishlog‘ida sodir bo‘lgan voqea joyida 1999-yilda tug‘ilgan K.B. ham qo‘lga olingan. U 10 bosh otni O‘zbekiston hududiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, olib qo‘yilgan 34 bosh ot davlat foydasiga musodara qilinadi. Jonivorlar davlat chegarasini qo‘riqlashda foydalanish uchun Chegara xizmati balansiga o‘tkaziladi.

Yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan Cobalt dahshatli YTHga uchradi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida 16-sentabr kuni soat 08:00 larda YTH sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, haydovchi, 1991-yilda tug‘ilgan D.A. oq rangli Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib aylanib ketgan.

Natijada u o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1997-yilda tug‘ilgan A.D. boshqaruvidagi kulrang Cobalt’ga urilgan.

Hodisa oqibatida oq rangli Cobalt haydovchisi tan jarohati olgan.

2,9 mlrd. so‘mlik noqonuniy dori vositalarni uyida saqlab kelgan fuqaro aniqlandi

Urganchlik 41 yoshli shaxs kelgusida sotish maqsadida o‘z uyida 2,9 mlrd. so‘mlik 64 452 dona noqonuniy dori vositalarni saqlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaro ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ketmoqda. Uning aybi tasdiqlansa, fuqaro 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Avtokredit evaziga xarid qilingan avtomashinani sotib yuborish holati aniqlandi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.N. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga sotib olingan “Chevrolet Equinox” rusumli avtomashinani garovga qo‘ymasdan fuqaro B.M.ga 39 000 AQSh dollariga sotib yuborib, bank manfaatlariga 378 mln. so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

32 yoshli shaxsning o‘smirga qo‘l ko‘targani sababi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta kishining o‘smir bolaga qo‘l ko‘targani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 16-sentyabr kuni Sergeli tumani 5-mavze hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida, 1992-yilda tug‘ilgan M.I. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida voyaga yetmagan 2008-yilda tug‘ilgan T.T.ni bir necha marotaba urgan. Bunga sinfdoshlar: M.I.ning qizi va T.T.ni ukasi o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lgan.

Birlamchi tibbiy ma’lumotga ko‘ra, voyaga yetmagan T.T.ga “Chap ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.

Теги :
Жамият