$
 12729.48
-20.27
 14156.45
14.43
 139.72
-0.53
weather
+26
Кечаси   +14°

Byudjetning milliardlab pullarini talon-toroj qilgan sobiq vazir Muzaffar Saliyev 7 yilga qamaldi

Muzaffar Soliyev Muzaffar Soliyev

2017-yildan 2021-yilgacha Uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, 2021-yildan 2023-yilgacha Nurafshon shahar hokimi lavozimida ishlagan sobiq mansabdor Muzaffar Saliyev 7 yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Sobiq hokimning “kirdikor”lari

Sobiq hokim ishi joriy yilning 13-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilgan. Hukmda yozilishicha, sobiq amaldor Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) “a” va “v” bandlari, 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismining “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Sud hukmi o‘zgarishsiz qoldi

U 3 yil mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilingan va uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Joriy yilning 30-iyul kuni Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida mazkur ishni ko‘rib chiqdi. Sud ajrimiga ko‘ra, birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.

U byudjetdan milliardlab pullarni talon-taroj qilgan

Sud ishi hujjatlarida keltirilishicha, Muzaffar Saliyev va uning sheriklari Davlat byudjetidan milliardlab pullarni talon-toroj qilgan. Xususan, turli xil loyihalardan:

2 572 272 915 (ikki milliard besh yuzi yetmish ikki million ikki yuzi yetmish ikki ming to‘qqiz yuzi o‘n besh) so‘mlik 320 000 (uch yuzi yigirma ming) AQSH dollarini;

1 372 902 188 (bir milliard uch yuz yetmish ikki million to‘qqiz yuz ikki ming bir yuz sakson sakkiz) sŭmlik 170 780 (bir yuz yetmish ming yetti yuz sakson) AQSH dollarini;

6 925 596 819 (olti milliard to‘qqiz yuz yigirma besh million besh yuz to‘qson olti ming sakkiz yuz o‘n to‘qqiz) so‘m bo‘lgan 733 127 (yetti yuz o‘ttiz uch ming yuz yigirma yetti) AQSH dollarini;

5 644 707 503 (besh milliard olti yuz qirq to‘rt million yetti yuz yetti ming besh yuz uch) sŭmlik 597 535 (besh yuz to‘qson yetti ming besh yuz o‘ttiz besh) AQSH dollarini va bundan tashqari, yana ko‘plab pullarni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Soliyevning “qora” o‘tmishi

Ma’lumot o‘rnida, Muzaffar Soliyev 2017-yil 5-iyuldan 2021-yil yanvarigacha uy-joy kommunal xizmatlar vaziri lavozimida ishlagan. 2021-yil u Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda Prezident tomonidan “ishidagi kamchiliklar, qayta-qayta ogohlantirishlardan xulosalar chiqarmaganligi uchun ishdan bo‘shatilgan edi.

O‘sha yilning 15-yanvarida esa Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tayinlangan bo‘lib, u 2023-yil aprelida ishdan olingan va buning sababi uning uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri lavozimida ishlab kelgan davri bilan bog‘liq ekani ko‘rsatilgan.

Soliyev, shuningdek, faoliyati davomida mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.

Теги :
Жамият